Sobiq Ittifoq davlatlarida faxriylarga qanchadan pul to‘landi?

Bu qiziq

image

Sobiq Sovet ittifoqi davlatlarida 9 may arafasida muntazam ravishda urush faxriylariga bir martalik pul mablag‘lari to‘lab kelinadi. Bu to‘lovlar turli davlatlarda turlicha.

Masalan O‘zbekistonda bu yil 10 miln so‘mdan to‘lash belgilandi. Biz Ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlarda urush faxriylariga qancha pul to‘lanishi haqida ma’lumotlar bilan qiziqdik.

Statistikaga ko‘ra, joriy yilda Ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlar orasida eng ko‘p pulni Qozog‘iston to‘lar ekan. Har bir urush faxriysiga 1 mln tengedan. Bu Qozog‘istondagi hozirgi kurs bilan hisoblasa, 2382 dollarga teng.

Taxminlarga ko‘ra, eng ko‘p urush faxriysi bo‘lgan Rossiya 75 ming rubldan to‘lashga qaror qildi. Bu RFdagi hozirgi kursda 1016 dollarga teng.

O‘zbekiston sobiq Sovet ittifoqi davlatlari orasida faxriylarga to‘lanadigan pul summasi bo‘yicha uchinchi o‘rinda bo‘ldi. Har bir faxriyga to‘lanadigan 10 mln so‘m valyutaning hozirgi kursida 993 dollarga teng bo‘ladi.

Boshqa davlatlarda faxriylarga ajratilgan mablag‘lar bilan quyida tanishing:

•    Qirg‘iziston – 75 000 som (951 dollar)

•    Ozarbayjon – 1500 manat (882 dollar)

•    Belarus – 1700 belarus rubli (697 dollar)

•    Armaniston – 300 000 dram ( 624 dollar)

•    Tojikiston – 6000 somoni (589 dollar)

•    Ukraina – 4120 griven (152 dollar)


Maqola muallifi

Teglar

faxriy

Baholaganlar

577

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing