Sobiq elchi turkiy dunyo NATOsini tuzishni taklif qildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Ozarbayjon va Gruziyadagi sobiq elchisi Qayrat Osmonaliyev Shusha (Ozarbayjon)dagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida turkiy davlatlarning hamkorligi va integratsiyasini chuqurlashtirish zarurligini aytib, NATO yoki Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga o‘xshash mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish zarur ekanini bildirdi. Bu haqda Turkiyaning “Yeni Şafak” gazetasi yozmoqda. 

“Hozirgi sharoitda turkiy dunyo uchun xavfsizlik tizimini yaratish masalasini ko‘tarish vaqti keldi, bunda har bir alohida davlat xavfsizligi butun mintaqamiz xavfsizligining kalitiga aylanadi. 

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, agar biz uni mavjud jahon analoglari bilan solishtiradigan bo‘lsak, u holda Turkiy Davlatlar Tashkiloti a’zosi bo‘lgan Turkiy Yevropa Ittifoqi bilan bir qatorda, kelajakda mudofaa ittifoqi sifatida turkiy NATO yoki turkiy KXSHTni yaratish haqida o‘ylashimiz kerak”, deya Osmonaliyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.  

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga ayni vaqtda 5 mamlakat a’zo – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made