Nazarboyevning zirhli avtomobili sotuvga qo‘yildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning eksklyuziv avtomobili sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Toppress” xabar beradi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istondagi avtomobil savdosi bilan shug‘ullanadigan onlayn platformaga Nursulton Nazarboyevga tegishli bo‘lgan Mercedes 600 SEL (Sonderschutz) GUARD B7 rusumli avtomobil rasmi joylanib, uning sotuvga qo‘yilgani e’lon qilingan. Sotuvchining tavsifiga ko‘ra, mashina hozir Taraz shahrida bo‘lib, uning barcha qismlari asl holida saqlangan. 

Aytilishicha, avtomobil Germaniyadagi fabrikada maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan. Mashina Kalashnikov avtomati va snayper o‘qlariga bardosh bera olishi, zavod zirhli kapsulasiga asoslanib ishlab chiqarilgani yozilgan. Xuddi shunday Mercedes S600 Guard Gruziyaning sobiq prezidenti Eduard Shevardnadzening hayotini saqlab qolgan. Uning mashinasiga granata va og‘ir pulemyotlar bilan hujum qilingan, biroq siyosatchi jabrlanmagan. 

Sotuvchiga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ham xuddi shunday mashinasi 1,3 million yevroga sotilgan. Nazarboyevga tegishli avtomobil esa 222 mln tenge (taxminan 454 ming yevro)ga baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing