Sobiq Bosh vazirning mashinasi urib yuborgan jurnalist vafot etdi
Olam
−
31 Oktabr 2022
7920Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xonni olib ketayotgan mashina reportaj olib borayotgan jurnalistni urib yubordi. Bu haqda “Express Tribune” nashri xabar berdi.
“Mahalliy televideniye muxbiri Sadaf Naim yakshanba kuni Pokiston “Tehrik-i-Insaf” partiyasi yetakchisi Imron Xonning mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Gazetaning yozishicha, jurnalist Imron Xon tarafdorlarining Islomobod tomon yo‘l olgan yurishini yoritib ketayotgan bo‘lgan. Uni kimdir itarib yuborgan va u mashina g‘ildiraklari ostida qolgan.
Voqeadan keyin partiya rahbariyati yurishni to‘xtatgan. Sobiq Bosh vazir ayolning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Pokistonning amaldagi Bosh vaziri Shahboz Sharif esa marhumning oilasiga tovon puli berishni va’da qilgan.
LiveBarchasi