Sobiq bosh vazir va sobiq mer xalqaro qidiruvga berildi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakovga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Jazoni ijro etish davlat xizmatiga tayanib, "24.kg" xabar berdi.

Qidiruv, shuningdek, Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimovga nisbatan ham e’lon qilingan. Unga nisbatan avvalroq jazodan qochish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi.Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib, qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi. 

Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Albek Ibraimov sapar Isakov

Baholaganlar

175

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing