Sobiq Bosh vazir hibsxonadan shifoxonaga olib ketildi
Olam
−
17 avgust 2019
8448Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Sapar Isoqov Milliy kasalxonaning 2-sonli nevrologiya bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda.
Sapar Isoqovni rafiqasi Malika Arstanbekova kasalxonaga olib kelgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, Isoqov shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Ayni paytda Isoqovda umurtqa arteriyasi sindromi aniqlangan bo‘lib, bu o‘rta yoshda qayd etilishi mumkin bo‘lgan insultning eng ko‘p uchraydigan turidir.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston sobiq Bosh vaziri Sapar Isoqov 2018 yil 5 iyun kuni qo‘lga olindi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi S.Isoqovga Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 303-moddasi 1-qismi (korrupsiya) bilan ayblov qo‘ygan.
LiveBarchasi