Sobiq Bosh vazir 6 yilga qamaldi

Olam

image

Bugun, 6 iyul kuni Mo‘g‘uliston sobiq Bosh vaziri Jargaltulgin Erdenebat hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol  qilgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Mazkur qaror Suxbaatar tuman sudi tomonidan qabul qilingan.

Shuningdek, sobiq Bosh vazir 6 yil davomida davlat lavozimini egallash huquqidan mosuvo etilgan. 

Mo‘g‘ulistonda 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida sobiq Bosh vazir va hukmron Mo‘g‘uliston Xalq partiyasining a’zosi Jargaltulgin Erdenebat qamoqxonada bo‘lishiga qaramay, deputatlikka da’vogar bo‘lib Selenga viloyatining tumanida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot o‘rnida, Erdenebat 1974 yilda tug‘ilgan. 2016-2017 yillarda Mo‘g‘uliston Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mo'g'uliston Jargaltulgin Erdenebat

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing