Sohib Abbosxon AQSHga ketganidan afsusdami?
Intervyu
−
23 dekabr 2022
26214Ijodkor insonlar san’atning hech bo‘lmasa bittagina yo‘nalishida muvaffaqiyatga va mashhurlikka erishsa odatda o‘z natijasidan qoniqadi. Lekin shunday insonlar ham borki, ularning ijodiy faoliyati birgina yo‘nalish bilan cheklanib qolmaydi va serqirra ijodkor nomini oladi. Shulardan biri Sohib Abbosxon. U “Zanjir” serialidagi Bahrom roli bilan tanilganidan so‘ng rejissyor sifatida “Sen meni sevasanmi?”, “Vijdon”, “Yangi boy”, “Kirakash”, “So‘ngi Nafasimgacha” va “Kunlardan bir kun” kabi qator filmlarni suratga oldi. Qolaversa, bir muddat televideniyeda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritdi. Ammo, muvaffaqiyatli ijodkor mana besh yildirki, Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashayapti.
QALAMPIR.UZ muxbiri videokonferensaloqa orqali Sohib Abbosxon bilan suhbatlashib, unga qator savollar bilan yuzlandi.
Mazkur suhbatda Sohib Abbosxon quyidagilar haqida so‘z yuritdi:
⁃ o‘zi suratga olgan filmlardan qancha daromad ko‘rgani;
⁃ televideniyeda yuqori lavozimlarga tayinlanishi;
⁃ oyiga 5000 AQSH dollari topasan, degan va’dalarga ishonib okean ortiga yo‘l olgani;
⁃ pitssa pishirib, kirakashlik qilgani;
⁃ hozirda nima bilan shug‘ullanayotgani;
⁃ O‘zbekistonga qachon qaytishi.
Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi