Smartfonlarning pandemiya davridagi xavfi ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

Koronavirus pandemiyasi vaqtida smartfonni ishlatish jismoniy va psixik salomatlikka xavfli hisoblanadi. Bu haqda Plexanov nomidagi sun’iy intellekt, neyrotexnologiya va biznes-analitika laboratoriyasi rahbarining o‘rinbosari Timur Sadikov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon infeksiya uchun haqiqiy ko‘payish joyiga aylanadi.

“Doim insonlar qo‘lida bo‘lishi bilan smartfon bakteriya va infeksiyalar uchun yuqumli muhitni shakllantiradi. Shu bilan birga u doimiy ravishda yuz va quloqqa tegadi”, deya ta’kidladi u.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yuqumli kasallikning yuqori tarqalish sharoitida smartfonlarni muntazam dezinfeksiya qilib turish kerak. Buni ekran qoplamasini buzmaydigan izopropil spirtli salfetkalar bilan qilish mumkin.

Smartfon, planshet va kompyuterlarni nazoratsiz ishlatishdan kelib chiqadigan zarar ham sog‘liq uchun birdek muhim. Bunda avvalo ko‘rish qobiliyati va umurtqa zarar ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon koronavirus

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing