Sloveniyalik murabbiy O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin
Sport
−
12 avgust 2021
5424O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. U milliy terma jamoani boshqarishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi o‘rganib chiqilgan. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra, sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul, deb topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va keyingi hafta Srechko Katanets o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston futbol terma jamoasini Vadim Abramov boshqargan. Abramov O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralash 2-bosqichi doirasidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘yinda yirik 3:0 hisobda yutqazganidan so‘ng, o‘z vazifasidan ozod qilingan.
LiveBarchasi