Sloveniya Falastin davlatini rasman tan oldi

Olam

image

Sloveniya Falastin davlatini rasman tan oldi. Bu haqda Sloveniya hukumatining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, muxolifatdagi Sloveniya Demokratik partiyasi (SDP) kecha, 4 iyun kuni kechqurun parlament yig‘ilishi oldidan parlamentga taqdim etgan referendum taklifini qaytarib olgan. SDP deputatlari tark etgan yig‘ilishga qatnashgan 90 o‘rinli parlamentdan 52 nafar deputatning Falastin davlatining tan olinishi uchun ovoz bergan.

“Bugun Falastinning suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinishi G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi Falastin xalqiga umid bag‘ishlaydi”, deydi Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob ijtimoiy tarmoqdagi postida.

O‘tgan hafta Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olish masalasini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazdi. Bosh vazir Golob yig‘ilishdan keyin bergan bayonotida, xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tegishli qarorlari asosida 1967 yil chegaralari ichida Falastinni mustaqil va suveren davlat sifatida tan olishga qaror qilganliklarini bildirdi.

Golob, shuningdek, bu qaror parlament e’tiboriga havola etilishini aytib, deputatlardan uni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Biroq SDP raisi Janez Yansa 3 iyun kuni referendum o‘tkazish talabini e’lon qilib, Falastinni tan olish qarori uzoq muddatda mamlakatga zarar yetkazishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya ham 28 may kuni Falastinni rasman tan olishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Sloveniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing