Slovakiyada yangi Prezident saylandi

Olam

image

Joriy yilning mart va aprel oylarida Slovakiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida mamlakat parlamenti raisi, “Hlas” partiyasidan nomzod Peter Pellegrini g‘alaba qozondi. Bu haqda kecha, 6 aprel kuni barcha ovozlar sanab chiqilganidan so‘ng ma’lum qilindi.

Slovakiyada saylov uchastkalari shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da yopilgan. Ovoz berish ikkinchi turga qadar davom etgan, chunki ikki hafta oldin bo‘lib o‘tgan birinchi turda to‘qqiz nafar nomzodning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmagan edi.

Kuzatuvchilar Pellegrini g‘alabasini bashorat qilishgan bo‘lsa-da, birinchi turda Slovakiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari, Liberal muxolifat vakili Ivan Korchok –  42,5 foiz bilan peshqadam bo‘lgan, Pellegrini birinchi turda 37 foiz ovoz olgan edi.

Ikkinchi turda Pellegrini 53,12 foiz (1 409 255 ovoz) olgan bo‘lsa, Korchok 46,87 foiz (1 243 709 ovoz) bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

"Men Slovakiya har doim urush emas, tinchlik tarafida bo‘lishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni bajaraman va kimdir bu uchun meni har qanday tarzda tanqid qilishidan qo‘rqmayman", degan Pellegrini.

Pellegrinining ta’kidlashicha, u raqibi, Slovakiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari, liberal Ivan Korchok ustidan berilgan ovozlar soni bo‘yicha sezilarli farq bilan g‘alaba qozongan.  Siyosatchi 5,5 millionga yaqin aholisi va  4,3 milliondan ortiq  saylash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolari bo‘lgan respublikada deyarli 1,4 million ovoz olgan. 

Ma’lumot uchun, 2019 yildan 2024 yilgacha Slovakiyani boshqarib kelgan Zuzana Chaputova 2023 yil iyun oyida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada sobiq mudofaa vaziri Prabovo Subianto mamlakatning yangi rahbari etib saylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Slovakiya Peter Pellegrini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing