Slovakiya Ukrainaga bir sent ham ajratmaydi – Fitso
Olam
−
17 mart
7026Slovakiya Ukrainadagi hech qanday harbiy missiyalarda ishtirok etish niyatida emas va unga yordam berish uchun bir sent ham ajratmaydi. Bu haqda bugun, 17 mart kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari bilan uchrashuvdan so‘ng mamlakat Bosh vaziri Robert Fitso o‘z Instagram sahifasida yozib qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Slovakiya rasmiylari Slovakiya va Ukraina hukumatlarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishini maslahatlashuv shaklida o‘tkazish tarafdori.
Shu bilan birga, u Bratislava Kiyev bilan o‘zaro manfaatli bo‘lgan qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratishini ta’kidlagan. U Ukraina orqali gaz tranzitini tiklash muhimligini ta’kidlagan.
“Ukraina orqali gaz tranziti tiklanmasa, Yevropa davlatlari hech qachon raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bratislava ushbu tranzitni tiklash uchun diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatida”, degan Slovakiva Bosh vaziri.
Qolaversa, Fitso Slovakiya hech qachon Yevropa Ittifoqining Vengriyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamasligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha maxsus sammiti bo‘lib o‘tgandi. Yevropa Ittifoqi rahbarlari konsensusga erishishga harakat qildi, YeI elchilari yig‘ilish boshlanishiga qadar bir necha hafta davomida umumiy bayonot matni ustida birga ishladi, ko‘plab diplomatlar ovoz berishga ijodiy yondashish va “konstruktiv tiyilish”ga umid bildirdi, biroq Viktor Orban vakili bo‘lgan Vengriya qat’iyligicha qoldi.
Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha pozitsiyasidan uzoqlashdi va bayonot 27 emas, 26 hukumat va davlat rahbari tomonidan qabul qilindi. Sammit xulosalari matniga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha band qo‘shish orqali Slovakiya bilan murosa topildi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart