Slovakiya Bosh vaziriga qilingan suiqasd terrorchilik hujumi sifatida qayta tasniflandi
Olam
−
04 iyul
4498Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga 15 may kuni sodir etilgan suiqasd ishi o‘ta og‘ir jinoyat – terrorchilik harakati sifatida qayta toifalandi. Bu haqda Slovakiya Bosh prokurori Maros Zilinkan Facebook’dagi sahifasida yozdi.
Bosh prokuror Maros Zilinkaning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror tergov davomida olingan dalillar asosida qabul qilingan.
“Bosh vazirni otib o‘ldirgan Yuray Sintulaga ishning qayta tasniflanishi haqida allaqachon ma’lum qilingan. Endi uni 20 yillik qamoq jazosi yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda “ deydi Bosh prokuror.
Ma’lumot uchun, 15 may kuni 71 yoshli Yuray Sintula hukumat yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Gandlova shahrida Fitsoni bir necha marta otib tashlagan. Bosh vazir uchta o‘q jarohati bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Otishma sodir etgan shaxsning o‘zi darhol qo‘lga olindi. Keyinchalik u o‘z harakatini Slovakiya hukumati siyosatiga rozi emasligi bilan izohlagan.
1 iyul kuni Slovakiya Mudofaa vaziri Roberta Kalinyaka Bosh vazirning ahvoli allaqachon yaxshilanganini va u tez orada o‘z vazifasiga qaytishini ma’lum qilgan.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi