Skaloni Argentina terma jamoasidan ketmoqchi ekanini aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiaga iste’foga chiqish niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Veronika Brunati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Skalonining AFA bilan shartnomasi 2026 yil 30 dekabrga qadar amal qiladi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, assotsiatsiya mutaxassisni lavozimida qolishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 48 yoshli Skaloni 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi, 2026 yilgi mundialda kumush medalga sazovor bo‘ldi, shuningdek, 2021 va 2024 yillarda ikki marta Amerika Kubogida hamda 2022 yilda Finalissimada g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lionel Messi o‘zining Instagram sahifasida Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing