Skaloni Argentina terma jamoasidan ketishini aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni milliy jamoadagi faoliyatiga qachon yakun yasashini ma’lum qildi. Bu haqda u Ispaniyaga qarshi Jahon chempionati finalidan so‘ng matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, u Argentina terma jamoasini 2026 yil dekabr oyigacha boshqaradi, shundan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi.

“Men bu yerda 2026 yil dekabrigacha bo‘laman. Shundan keyin, albatta, aloqalarni uzaman”,  deqdi Skaloni.

Ma’lumot uchun, 48 yoshli murabbiy 2018 yildan beri Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogida, 2022 yilgi Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida, shuningdek, 2022 yilgi Finalissima bahsida g‘olib chiqqan.

2026 yilgi Jahon chempionatida esa Argentina finalga qadar yetib bordi, ammo hal qiluvchi uchrashuvda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medallar bilan cheklandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing