Sizga bu Las Vegas emas! Karantinda qimor o‘yinlarini tashkil etganlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
23 aprel 2020
7951Jizzax viloyati, Forish tumanida bir guruh fuqarolar karantin qoidalarini buzib, qonunga xilof ravishda qimor o‘yinlarini tashkil etgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Forish tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Qizilqum mahalla fuqarolar yig‘ini hududida epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holati aniqlangan.
“Qizilqum” mahallasida istiqomat qiluvchi T.F. yashash uyiga 6 nafar mahalladoshini yig‘ib, qimor o‘yinlarini tashqil qilgan. Forish tuman IIB xodimlari tomonidan voqea joyida daliliy ashyo sifatida 7 dona o‘yin qartasi, 906 ming so‘m pullar hujjatlashtirib olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘ladigan tadbirlarni uyushtirish vaqtincha taqiqlangan. Bu degani qonunbuzarlar noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etishdan tashqari, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bo‘yicha ham javobgarlikka tortiladi.
LiveBarchasi