“Sizdan ugina, bizdan bugina”. Tramp NATOdan yordam kutmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, NATOga a’zo Yevropa davlatlarini Ukrainadagi vaziyat uchun tanqid qildi. Uning bu haqdagi so‘zlarini Oq uy keltirdi.

“Biz ularga Ukraina masalasida yordam berdik. Ular Ukrainada tartibsizlik qilib qo‘yishdi, to‘liq tartibsizlik, biz esa ularga yordam beryapmiz. Bilasiz, bizni okean ajratib turadi”, degan Tramp.

Uning ta’kidlashicha, sobiq AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina uchun 350 milliard dollar ajratgan va bu «telbalik» bo‘lib, urushning davom etish sabablaridan biri bo‘lgan.

Shuningdek, Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mersni ham tanqid qilib, Berlin Ukrainadagi mojaroga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakligini, AQSH va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aralashmasligi lozimligini aytgan.

O‘z navbatida, Mers Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarni samarasiz deb baholab, Eron AQSHni “kamsitayotganini” bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATO davlatlari ro‘yxatini tuzgani va ularga ta’sir o‘tkazish choralarini ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing