“Rahmat sizga, Great Chuso!”. Saida Mirziyoyeva Oksana Chusovitinani tabrikladi

Sport

image

Oksana Chusovitina va’dasini bajardi. U O‘zbekistongan oltin medal olib keldi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ham sportchini tabrikladi.

“Men sportdagi faoliyatimni O‘zbekiston sharafi uchun medal qozonmasdan yakunlay olmayman” deya bergan va’dangiz yodimizda, Oksana Aleksandrovna! 

Siz va’dangizni bajardingiz, mamlakatga oltin medal olib keldingiz. Sizni Dohada bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogining ikkinchi bosqichida g‘olib bo‘lganingiz bilan chin yurakdan tabriklayman! Sport gimnastikasi bo‘yicha jamoamizni tabriklayman!”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, sportchining g‘alabasi nafaqat sportdagi yutuq, balki, shubhasiz qat’iyat, iroda va vatanparvarlik namunasidir. 

“Rahmat sizga, Great Chuso! Siz O‘zbekistonning va dunyoning buyuk sportchisisiz, bundan keyingi g‘alabalaringizni intizorlik bilan kutib qolamiz!”, deya minnatdorli bildirdi fond raisi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Doxada o‘tayotgan Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etgan edi. Sportchi Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. U 1992 yili jamoaviy bahsda Olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan.

Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidagi ishtirokidan so‘ng sportdan ketganini e’lon qilgandi. 2021 yilning oktyabr oyiga kelib, u yana sportdagi karerasini davom ettirmoqchiligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing