Siz o‘limni hamma yerda ko‘rasiz – Tramp karantinga amal qilmayotgan amerikaliklardan ranjidi
Olam
−
01 aprel 2020
8473AQSH hukumatining koronavirusga qarshi qo‘llayotgan choralariga qaramay, mamlakatda ushbu kasallik tufayli 100 mingdan 240 minggacha odam hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Agar mamlakatda koronavirusga yetarlicha e’tibor berilmasa va jiddiy choralar ko‘rilmasa, qurbonlar soni 2,2 millionga yetishi aytilmoqda. Bu haqda kecha, 31 mart kuni Oq uy huzuridagi Viruslarga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh olimlari ma’lum qildi.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan hukumat va tibbiyot sohasidagi eng sara olimlar yig‘ilishida koronavirusning mamlakatga bo‘lgan xavfi haqida gapirildi. Yig‘ilishda AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakat aholisi karantin qoidalariga jiddiy amal qilmayotganidan ranjiyotganini aytdi.
“Agar karantin qoidalariga jiddiy amal qilmasangiz samolyotlarda, mehmonxonalarda va ko‘chalarda o‘layotgan odamlarni ko‘rishni boshlaysiz. Siz o‘limni hamma yerda ko‘rasiz”, dedi Tramp.
Shuningdek, Prezident, odamlar ushbu virusni qanchalik yuqimli ekanligini bilmasliklaridan xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Agar mamlakatda ko‘rilayotgan choralarning hech biri ishlamasa halok bo‘lganlar dahshatli darajada ko‘p bo‘lishini ta’kidlandi.
"Bu virus haqida ko‘pchilik bilmagan narsa uning o‘ta yuqumli ekanligidir. Biz hech narsa qilmasak nima bo‘lar edi? Agar odamlar doimgidek hayotlarini davom ettirganida 2,2 million odam ushbu virusni qurboniga aylanardi", dedi AQSH Prezidenti.
Ma’lumot uchun, AQSH koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Hozirgacha mamlakatda 189 753 ta koronavirus holati aniqlangan. Kasallanganlarning 4 090 nafari vafot etgan, 7 141 nafari esa sog‘aygan.
LiveBarchasi