Reyting: Meyvezer serdaromadlikda Ronaldu va Messini ortda qoldirdi

Sport

image

Dunyoga mashhur "Forbes" jurnali XX asrning ikkinchi dekadasi – 2010-2019 yillar davomida eng ko‘p haq to‘langan sportchilarni e’lon qildi.

Ro‘yxatni bokschi Floyd Meyvezer boshqargan. U 10 yilda 915 million dollar daromad qilgan. Ikkinchi o‘rin "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi. Portugalning ushbu davr ichidagi daromadi 800 million dollarni tashkil qilgan. "Barselona" yetakchisi Lionel Messi ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi. Messi 10 yilda 750 million dollar ishlab topgan.

Reytingda sportchilarning maoshi, mukofot pullari, bonuslar hamda imij huquqlarining foydalanishdan olingan reklama daromadi hisobga olingan.

Reytingning top-10 dan joy olgan sportchilar:

1. Floyd Meyvezer (boks) – 950 mln

2. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 800 mln

3. Lionel Messi (futbol) – 750 mln

4. Lebron Jeyms (basketbol) – 680 mln

5. Rojer Federer (tennis) – 640 mln

6. Tayger Vuds (golf) – 615 mln

7. Fil Mikelson (golf) – 480 mln

8. Menni Pakyao (boks) – 435 mln

9. Kevin Dyurent (basketbol) – 425 mln

10. Lyuis Xemilton ("Formula-1") – 400 mln dollarov

Ma’lumot uchun, ayol sportchilar faqatgina TOP-40 talikda uchraydi. U ham bo‘lsa, tennischi Serena Uilyams. U 215 million dollar daromad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Forbes Floyd Meyvezer

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing