“Siz hech qachon g‘arblik bo‘la olmaysiz”. Xitoy qo‘shnilarini o‘zi bilan yaqinlashishga chaqirdi
Olam
−
05 iyul 2023
8023Xitoy bosh diplomati Van I Yaponiya va Janubiy Koreyani Pekin bilan yaqinlashishga chaqirdi. Bu haqda u xalqaro uch tomonlama hamkorlik forumining ochilish marosimida so‘z ochdi.
“Sochingizni qanday bo‘yashingizdan, burningizning shaklini qanday o‘zgartirishingizdan qat’iy nazar, siz hech qachon yevropalik yoki amerikalik bo‘la olmaysiz, hech qachon G‘arbning bir qismi bo‘la olmaysiz”, degan u forumda.
Shuningdek, Van I tadbir ishtirokchilariga kelib-chiqishi birligini eslatgan va ularni Osiyoni birgalikda jonlantirishga chaqirgan. Diplomatning aytishicha, bu mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikni yumshatishga yordam beradi.
Xitoy diplomati mintaqada Amerika ta’siri tufayli keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Shu bilan birga Van I amerikaliklarning o‘zlari ham osiyoliklarga unchalik yaxshi munosabatda bo‘lmasligini, chunki ular xitoylikni yapon yoki koreysdan ajrata olmasligini ta’kidlagan.
“Shu sababli g‘arb yo‘lidan voz kechish kerak. Biz ildizlarimiz qayerda yotganini bilishimiz zarur. Biz birgalikda gullab-yashnab, dunyoga foyda keltira olamiz. Mintaqaning taqdiri butunlay o‘z qo‘limizda. Siz hech qachon G‘arb bo‘lolmaysiz”, degan Van I.
Pekinlik diplomatga ko‘ra, mintaqada o‘zaro bog‘likligini saqlab qolish, birdamlik va umumiy barqarorlik alohida o‘rin tutadi. Aks holda osiyoliklar G‘arbning kuchayib borayotgan gegemonligi va qo‘rqitishiga chidashi kerak bo‘ladi.
“Agar bu tendensiya rivojlanishiga yo‘l qo‘yilsa, bu nafaqat uch tomonlama hamkorlikning silliq rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi, balki mintaqadagi keskinlik va qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytiradi”, degan Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Van I.
LiveBarchasi