Siyosiy tadbirga tayyorgarlik va xavfsizlik sabab talabalar yotoqxonalari yopiladi

Jamiyat

image

Talabalar turar joyidan hech kim sababsiz chiqarib yuborilmaydi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20 dekabridan 2020 yil 6 yanvargacha oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari qishki ta’tilga chiqishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bu yil qishki ta’til muddati talabalarga konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda 2019 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlarida ishtirok etishlari uchun o‘zgartirildi.

“Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘zlari yashab turgan hududdan turib saylovlarda ishtirok etishi hamda uzluksiz dam olishlari uchun imkoniyat yaratishdir. 

Toshkent shahridagi talabalar turar joylarida 89 mingdan ziyod yoshlar istiqomat qiladi. Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xavfsizlik nuqtai nazaridan 2019 yil 21 dekabr kuni barcha talabalar turar joylari yopiladi.

Bunda guruh rahbarlari talabalar turar joyida istiqomat qiladigan har bir talaba bilan muloqotda bo‘lgan holda ularning qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarida ko‘maklashadi.

Yangi yil va saylov munosabati bilan avia va temir yo‘l chiptalariga talabning ortishi hamda boshqa uzrli sabablarga ko‘ra doimiy yashash manziliga ketishga kechikadigan talabalarga sharoit yaratiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Talabalar yotoqxonasi

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing