Kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari quriladi

Jamiyat

image

O‘zLiDePning amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi X s’ezdi davom etmoqda. Unda navbatdagi Prezidentlik sayloviga nomzodi tasdiqlangan Mirziyoyev saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasidan o‘rin olgan ta’lim sohasi bo‘yicha islohotlar rejasiga to‘xtaldi. 

Qayd etilishicha, kelgusi besh yilda O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. 

Maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlanib, 2026 yilga qadar amalda joriy etiladi.

Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi. 2026 yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi.

Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi.

Oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026 yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.

Doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablag‘lari hisobidan to‘lov-grant asosida joriy etiladi.

Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha har ikki yilda o‘tkaziladigan umumrespublika sport o‘yinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Talabalar yotoqxonasi

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing