Siyosat sportga soya solganda. Bakuda “Arsenal” muxlislari politsiya tomonidan to‘xtatildi (video)
Sport
−
29 may 2019
5562Bugun Ozorbayjon poytaxti Baku shahrida Yevropa ligasining joriy mavsumi final uchrashuvi o‘tkaziladi.
Ushbu o‘yinda Angliyaning ikki grand jamoasi “Arsenal” va “Chelsi” klublari xalqaro kubokni qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘zaro bahslashadi.
Armaniston va Ozorbayjon o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatlar sabab mazkur o‘yinni “Arsenal” futbolchisi armanistonlik Genrix Mxitaryan o‘tkazib yuboradi. Garchi Ozorbayjon Tashqi ishlar vazirligi futbolchining xavfsizligiga kafolat bergan bo‘lsada, Londonliklar yarim himoyachini Bakuga olib kelishmadi.
Kecha, 28 may kuni Baku ko‘chalarida qiziq holat yuz berdi. Finalni tomosha qilish uchun Bakuga kelgan “Arsenal” muxlislari tartib posbonlari tomonidan to‘xtatildi. Bunga sabab, ularning futbolkasidagi Mxitaryan yozuvi bo‘lgan. Politsiyachilar ushbu shaxslar bilan suhbat o‘tkazib, so‘ngra yo‘lida davom etishgan.
LiveBarchasi