Siyosat boshida ayollar. Emina Erdo‘g‘an Istanbulda G‘azo uchun yig‘in qilmoqchi
Olam
−
09 noyabr 2023
407015 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha xalqaro yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 9 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ma’lum qildi.
“15 noyabr kuni Istanbulda G‘azo bo‘yicha xalqaro yig‘ilish bo‘lib o‘tadi”, deydi Erdo‘g‘an, Turkiya inqirozni hal qilish uchun diplomatik sa’y-harakatlarini davom ettirishini qayd etib.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi uchrashuv uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an boshchiligida o‘tkaziladi.
“Umid qilamanki, 15 noyabr kuni Istanbulda rafiqam boshchiligida davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari ishtirokida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu G‘azodagi birodarlarimiz bilan kuchli birdamligimizni namoyon etadi”, deydi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr kuni Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun miting bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Erdo‘g‘an Turkiya G‘azo sektoridagi qilmishlari uchun Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilish niyatida ekanini aytdi.