Sitsiliyada bortida 22 kishi bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi

Olam

image

Bugun, 19 avgust kuni erta tongda Italiyaning Sitsiliya viloyatidagi Palermo shahri qirg‘oqlarida bortida 22 kishi bo‘lgan 50 metr yelkanli qayiq cho‘kib ketdi, oqibatda 7 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Palermo Today” xabar bermoqda.

Italiya qirg‘oq xavfsizlik xizmati va o‘t o‘chiruvchilar bo‘ron va to‘lqinlar oqibatida dengizga cho‘kib ketgan qayiqdan 15 kishini, jumladan bir bolani qutqarib olgan.

Qayd etilishicha, qayiqda 2 nafar Angliya-Fransiya fuqarosi, shuningdek Irlandiya, Yangi Zelandiya, Shri-Lanka va Britaniya fuqarolari bo‘lgan. Qutqarilgan 15 kishining ahvoli barqaror.

Yong‘in bo‘limining g‘avvoslari kema atrofida, taxminan 50 metr chuqurlikda va qirg‘oqdan yarim mil uzoqlikda qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing