Sitsiliya mafiyasiga qarshi operatsiyada 180 kishi hibsga olindi

Olam

image
Farg‘onada kriminal avtoritet “Polojenets” qo‘lga olindi (video) north_east

Farg‘onada kriminal avtoritet “Polojenets” qo‘lga olindi (video)

Italiyaning Palermo shahrida mafiyaga qarshi o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiya davomida 180 ga yaqin kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Jorjiya Meloni ma’lum qildi.

Ular giyohvand moddalar savdosi, noqonuniy qurol saqlash, qotillikka urinish, tovlamachilik va onlayn qimor o‘yinlarida ayblanmoqda.

Italiya Bosh vazirining aniqlik kiritishicha, u Sitsiliya mafiyasi sindikati – Cosa Nostra haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida jinoyatchi oilalarning boshliqlari ham bor. Sindikat faoliyatining eng yuqori cho‘qqisi 1980-1990 yillarga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik Cosa Nostra o‘rnini Kalabriya mafiyasi “Ndrangheta” egalladi. Palermoning mafiya oilalari butun shahar va viloyat bo‘ylab muvofiqlashtiriladi, asosan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadi.

Politsiyaning aytishicha, Cosa Nostra sitsiliyalik yoshlarni jalb qilishda davom etmoqda. Xususan, klanning uzoq yillik a’zosiga mafiya faoliyati bo‘yicha saboq berilgani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sitsiliya mafiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar