“Siti” “Norvich”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
09:32 494 1 daqiqa
Kecha, 17 sentyabr kuni “Manchester Siti” Angliya Liga kubogining uchinchi bosqichi doirasida Chempionship vakili “Norvich”ni yirik – 5:0 hisobda mag‘lub etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Manchesterda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gollarga Floyd Samba (29, 54-daqiqalar), Rayan Sherki (32), Allan (48) va Rayan Makeydu (90) mualliflik qildi.
“Manchester Siti”ning 17 yoshli hujumchisi Floyd Samba hamda joriy yilning avgust oyida “Palmeyras”dan jamoaga qo‘shilgan 22 yoshli braziliyalik Allan “shaharliklar” safidagi ilk gollarini urdi. “Flashscore” portali Abduqodir Husanov maydondagi harakatlarini 8,1 ball bilan baholadi.
Endilikda amaldagi sovrin sohibi Liga kubogi to‘rtinchi bosqichida “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi