“Siti” “Etihad”ga Gvardiola nomini qoldirmoqchi
Sport
−
15:48 1094 1 daqiqa
“Manchester Siti” Pep Gvardiola sharafiga “Etihad” stadionidagi tribunalardan biriga uning nomini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Klub hozircha Pep Gvardiola ketishini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da ispaniyalik mutaxassisning ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. Ayni paytda asosiy e’tibor “Arsenal”ga qarshi Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kechayotgan kurashga qaratilgan.
Shu bilan birga, klub rahbariyati bir davr yakunlanishini munosib nishonlash va Pep Gvardiolaga hurmat bajo keltirish uchun maxsus rejalar tayyorlamoqda.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” Gvardiola sharafiga “Etihad” stadionidagi tribunalardan biriga uning nomini berishni rejalashtirgan.
Shuningdek, mavsum yakunlanganidan keyin qo‘shimcha tantanali marosimlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis o‘n yil davomida jamoa bilan 20 ta sovrin qo‘lga kiritdi. Ular qatorida Chempionlar ligasi va olti marta Angliya Premer-ligasi chempionligi ham bor. Pep Gvardiola boshqaruvi ostida jamoa barcha musobaqalarda jami 591 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti”ni Gvardiola keyin Enso Mareska egallaydi. Klub rahbariyati allaqachon italiyalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgan.

Live
Barchasi