“Siti” Alvaresni qaytarib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Sport
−
11:57 342 2 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasida to‘p tepayotgan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Argentinalik futbolchi 2024 yil avgust oyida “Manchester Siti”dan “Atletiko Madrid”ga ko‘chib o‘tgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 94 million yevroni tashkil etgan.
Londonning “Arsenal” klubi ham Alvaresga qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi Angliyaga qaytishni istamayotgani aytilmoqda.
“Atletiko Madrid” esa Alvares bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun kamida 150 million yevro talab qilmoqda. Shuningdek, Madrid klubi uning o‘rniga munosib futbolchi qo‘shilgan taqdirda ham takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ayni paytda Alvares kasalligi sabab bir nechta mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan va shaxsiy murabbiy bilan alohida shug‘ullanmoqda.
Avvalroq, Alvares “Atletiko Madrid” bilan 2030 yilgacha tuzilgan shartnomasi borligiga qaramay, Madrid klubini tark etish istagini ochiq bildirgan edi. Ispaniya OAVlari “Barselona” argentinalik futbolchi uchun 130 million yevro taklif qilishga tayyorligi haqida xabar bergan. Keyinchalik “Atletiko Madrid” Alvaresning Kataloniya klubiga o‘tish ehtimoli deyarli nolga teng ekanini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Alvaresning “Atletiko Madrid” bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. U o‘tgan mavsumda madridliklar safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.
Shuningdek, Alvares Argentina milliy terma jamoasi safida 58 ta o‘yinda 15 ta gol muallifi bo‘lgan. U terma jamoa bilan 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi, 2022 yilda esa Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust