“Siti” 1 kishi kam bo‘lib derbida g‘alaba qozondi 

Sport

image

Kecha, 13 sentyabr kuni “Manchester Siti” Angliya chempionatining to‘rtinchi turida safarda “Manchester Yunayted”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Erling Holand 60-daqiqada urdi. “Manchester Siti” 23-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib qoldi. Yarim himoyachi Fil Foden raqib jamoa yarim himoyachisi Bruno Fernandeshning qorniga tepgani uchun sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatda ayblanib, maydondan chetlatildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.

Holand bu goli bilan Angliya Premer-ligasining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4 ta gol bilan yakka o‘zi peshqadamga aylandi. Norvegiyalik hujumchi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinlardagi 9-golini urdi. U Manchester derbisidagi gollar soni bo‘yicha faqat Frensis Li va Jo Xeys (10 tadan), Ueyn Runi (11 ta)dan ortda qolmoqda.

Shuningdek, Holand Angliya Premer-ligasida 1992 yildan buyon ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ueyn Runi va argentinalik Serxio Agueroga (8 tadan) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, to‘rt turdan so‘ng 12 ochko to‘plagan yagona jamoalar “Manchester Siti” va “Arsenal” bo‘lib turibdi. “Manchester Yunayted” esa 4 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Endilikda “qizil iblislar” joriy yilning 20 sentyabr kuni safarda “Fulxem”ga qarshi o‘ynaydi. Shu kuni “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sanderlend”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing