“Siti” Husanovga Madridga borishi uchun alohida samolyot ajratdi (video)
Sport
−
19 fevral 62456 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovga Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) pley-off bosqichining javob o‘yiniga, Madridga yetib borishi uchun alohida samolyot ajratdi. Bu haqda Telegram'dagi “Penalty” sahifasi xabar berdi.
Gap shundaki, o‘zbekistonlik futbolchi yangi Shengen vizasini Gretsiya orqali olgani bois “Siti” Ispaniya chegarasida muammo bo‘lmasligi uchun Husanovga alohida samolyot ajratgan. Bu samolyot Manchester-Afina-Madrid yo‘nalishida parvozni amalga oshirdi.
Shu bois Abduqodir jamoadan keyinroq Madridga yetib borgan. Garchi Husanov tunda Madridga yetib borgan bo‘lsa ham, Madridda uni mehmonxona oldida anchagina OAV kutib oldi.
Ma’lumot uchun, “Real” va “Manchester Siti” o‘yini Toshkent vaqti bilan 20 fevralga o‘tar kechasi, soat 01:00 da boshlanadi. Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning maydonga tushishi kutilmoqda.