“Siti” Husanov bilan vaqtincha xayrlashmoqchi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovni ijaraga bermoqchi. Bu haqda “Thehardtackle” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati futbolchini o‘sishdan to‘xtab qolmasligi va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berish variantini ko‘rib chiqadi.

“Siti” futbolchi jamoaga allaqachon moslashib ulgurganiga ishonadi, biroq uni vaqtincha boshqa jamoada o‘ynashi tarafdori, chunki jamoadagi kuchli raqobat tufayli Husanov o‘yin amaliyotisiz qolishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov hozirga qadar “Siti” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq u jamoasining oxirgi 5 ta o‘yinida qatnashmadi. “Transfermarkt” tomonidan 35 million yevroga baholangan o‘zbekistonlik futbolchining “Siti” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” APL 34-turida qiyin g‘alabaga erishgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing