“Siti” himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Jon Stounz “Inter”ga o‘tishga og‘zaki rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvni rasman yakunlash arafasida. Hozircha tibbiy ko‘rik sanasi belgilanmagan. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchi milanliklar safida yiliga 4 million yevro maosh oladi.

O‘tgan mavsumda Jon Stounz “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli himoyachining transfer qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Stounz 2016 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib, klub bilan olti marta Angliya Premer-ligasi va bir marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan amaldagi shartnomasini 5 yilga uzaytirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing