Sirtqi va kechki ta’limdagi talabalarga ham kontraktda 10 foizlik chegirma beriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida superkontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

“Ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga  bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi PQ–5157-son qarorining 7-bandiga ko‘ra belgilangan tartibga muvofiq, talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash), shuningdek, abituriyentlarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga bakalavriatga talabalikka tavsiya etishda 2021/2022 o‘quv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari qo‘llanilishi hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing