Sirdaryoda 14 yashar qiz uyida o‘ldirib ketildi

3-sahifa

image

Sirdaryoning Xovos tumanidagi uyga o‘g‘irlikka tushgan 25 yashar shaxs yuzini ko‘rib qolgan 14 yoshli qizni qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 avgust kuni soat 04:00larda noma’lum shaxs Xovos tumani, Minor ko‘chasidagi uylarning biriga yashirin kirib, uyning barcha xonalaridan pul va qimmatbaho buyumlarni izlash jarayonida yotoqxonada yotgan 14 yoshli qizni (yuzini ko‘rib qolganligi sababli) pichoq bilan qasddan o‘ldirgan. 

So‘ng, pullarni qidirishni davom ettirib, uyning boshqa xonasida nomoz o‘qish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan 78 yoshli ayolga pichoq bilan tahdid qilgan holda pullar qayerda ekanligini talab qilgan. Biroq, ayoldan “pullar yo‘q” degan javobni olgach, hodisa joyidan yashiringan. 

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni fosh etish borasida tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 1997 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, oxirgi marotaba 2018 yilda bosqinchilik bilan sudlanib, hozirda manzil koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs sodir etganligi aniqlangan. 

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik jinoyat

Baholaganlar

1430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing