Sirdaryodan Forishga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatidan Jizzaxning Forish tumani aholisiga  insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 23 aprel kuni Sirdaryo viloyati aholisi nomidan sel kelishi ortidan jabr ko‘rgan Forish xalqiga ko‘mak berish maqsadida turli oziq-ovqat mahsulotlari, ko‘rpa-to‘shak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami jo‘natilgan. 

“Ushbu xayrli ishga viloyatimizning ko‘plab faollari, deputatlar, tadbirkoru ishbilarmonlar o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shdi.

Xalqimiz azal-azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bunga "Sardoba" suv omborida yuzaga kelgan ko‘ngilsizlik sharoitda ham guvoh bo‘lganmiz. O‘shanda bu insoniylik qadriyatlarimiz yanada keng quloch yoyib, barcha yo‘llar yurtdoshlarimizni, birinchilardan bo‘lib olijanob jizzaxliklarni ham Sirdaryo tomon eltgandi”, deyiladi hokimlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sharof Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi.

Sel kelishi oqibatida Forish tumanida 5 kishi halok bo‘ldi, 53 ta turar joy va ularning yordamchi xo‘jalik binolariga zarar yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing