Sirdaryodagi toshqindan keyin Qozog‘istonda ikki qishloq suv ostida qoldi

Olam

image

Ma’lumki, kecha, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga keldi. Damba yorilgan paytda viloyat rahbarining qarori bilan suv omboridagi suvni kamaytirish uchun markaziy kanal orqali suvni chiqarib yuborish boshlangan.

Natijada Qozog‘istonning O‘zbekiston chegaradosh qismidagi Turkiston viloyati Maqtaorol tumanidagi kollektorlar (Sardoba, VS-1, VS-1.1, VS 1.1.9, VS-1.1.7, VS-18, Janubiy, D-3, Karoy, Markaziy) suv bilan to‘lgan.

O‘zbekiston FVV ma’lumotiga ko‘ra, 1 may soat 20:15 da Sardoba suv omboridan suv chiqarib tashlash to‘xtatilgan.

Chegaradagi Turkiston viloyati Maqtaorol tumanida kollektorlarning suvga to‘lishi va toshishi natijasida Jana Jol, Jenis, Jana Turmыs va Yenbekshi aholi yashash punktlari suv ostida qolishi xavfi paydo bo‘lgan. Shuning uchun tuman hokimi texnogen xarakterdagi favqulodda holat e’lon qilib, ushbu aholi manzilgohlaridagi 2,2 mingdan ko‘proq odamni evakuatsiya qilishni buyurgan.

Ular Mirzakent qishlog‘iga ko‘chirildi. Aholi maktablarda tashkil etilgan evakuatsiya punktlariga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston suv Sardoba suv ombori toshqini

Baholaganlar

1144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing