Sirdaryodagi toshqinda necha kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgani, suv aholi yashash punktini bosganidan xabaringiz bor. Toshqin ortidan 56 kishi jarohatlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, to‘g‘ondan 1 may kuni 17:00 atroflarida suv sizib chiqishi to‘xtatilgan. Ombordan oqib chiqqan suv Oqoltin tumanidagi Abay kanaliga yo‘naltirilgan va Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga olib chiqilgan.

Ayni vaqtda to‘g‘onning yoriq qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Qayd etilishicha, suv sizib chiqishi payqalgan zahotiyoq Sardoba suv ombori hududi atrofida yashovchi qariyb 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan hamda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida tashkil etilgan maxsus muassasalarga joylashtirilgan. Yana ming kishiga mo‘ljallangan qo‘shimcha joylar ham tayyorlanmoqda. 

FVV vakilining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda mamlakatda hukm surayotgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib, barcha ishlar sanitariya-gigiyena normalariga asosan tashkil etilgan. Bir vaqtning o‘zida evakuatsiya qilinganlarning ro‘yxati tuzilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

1305

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing