Sirdaryoda yurib ketayotgan Labo'da tarvuz yeganlar 15 sutkaga qamaldi (video)
3-sahifa
−
20 iyun 2023 14454 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida Labo avtomobilining yukxonasiga suv to‘ldirgan holda, yurib ketayotgan vaqtida tarvuzxo‘rlik qilgan to‘rt nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘rt nafar yigit 1954 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumani Shirin mahallasida yashovchi fuqaroning Labo'sini uning beshinchi sinfda o‘quvchi o‘g‘lidan olib, mashina yukxonasiga suv to‘ldirgan va yurib ketayotgan vaqtida tarvuzxo‘rlik qilib, mazkur holat aks etgan videoni ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudida ko‘rib chiqilgan. Yigitlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28