Sirdaryoda YTH. Ikkita avtomobil butkul yonib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni 18:45 larda tumanning Guliston-Uchtom yo‘nalishida haydovchi A.N Nexia rusumli avtomashinasini yuqori tezlikda boshqargan. Oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakatlanish yo‘liga o‘tib ketgan. Ushbu yo‘nalishda kelayotgan Niva Chevrolet rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport xodisasi sodir etgan.    

Oqibatda yong‘in kelib chiqib, transport vositalari butkul yonib ketgan.

“Haydovchilarga yong‘indan zarar yetmagan, YTX natijasida xaydovchilar yengil tan jarohati olib Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan”, deyiladi xabarda.

Dinara Yuusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing