Sirdaryoda yil boshidan noqonuniy baliq ovlagan 25 brakonerga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Joriy yilning boshidan beri Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan 25 nafar brakonerga chora ko‘rildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd e’tilishicha, Sirdaryo viloyatida 2023 yilning 11 may holatiga ko‘ra, noqonuniy baliq ovi bilan bog‘liq 25 ta holatda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan 36 mln 600 ming so‘m jarima hamda 51 mln 480 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar miqdori qo‘llanilgan.

Viloyatda eng so‘nggi noqonuniy baliq ovlash holati Guliston tumani hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosidan fuqaro X.X. tomonidan 2023 yil 10 maydan 11 mayga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. U taqiqlangan baliq tutish qurollari yordamida jami 3 turdagi 17 dona baliqni noqonuniy ravishda ovlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar fuqarodan 1 dona elektr qarmoq, 1 dona akkumulyator va noqonuniy ovlangan jami 3 turdagi 17 dona baliq daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan.

Sodir etilgan holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 15 mln 840 ming so‘m zarar hisoblangan. Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sirdaryo noqonuniy baliq ovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing