Sirdaryoda yoshlar yetakchisi vaqtinchalik viloyat hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ayni kunda qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgani sababli yoshlar yetakchilaridan biri Dilmurod Rahimjonov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Hokimlikka ko‘ra, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy bilim va tafakkurga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlash, yoshlarga o‘z rahbarlik qobiliyatlarini to‘la namoyon etishlari uchun zamin hozirlash va ularga motivatsiya berishdan iborat.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqaruv apparati xodimlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Dilmurod Rahimjonov hokimlik jamoasiga tanishtirilgan.

Bugundan o‘z vazifasiga kirishgan Dilmurod Rahimjonov belgilangan kun tartibiga muvofiq viloyatdagi investitsion loyihalar, ijtimoiy soha ob’ektlari, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, hududlarda sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli Dilmurod Rahimjonov 2022 yildan buyon Guliston shahar Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U 2023 yilda o‘tkazilgan "Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi" Respublika tanlovida 3-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Akmaljon Maxmudaliev Dilmurod Rahimjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing