Sirdaryoda uy qurilishida 1,5 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida qurilish kompaniyalari bajarilmagan ishlar uchun xarajatlarni yozib, 1,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruvda “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.S.” MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” massivida 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, “Y.N” MCHJ tomonidan massivdagi 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan  “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish talon-toroj

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing