Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan fuqarolarga uy beriladi
Jamiyat
−
07 may 2020
8525Sirdaryoda suv toshqini natijasida uyiga jiddiy zarar yetgan fuqarolarga yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan beg‘araz beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 may kuni qabul qilingan “Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoshiyida belgilangan.
Hujjatga muvofiq favqulodda hodisa natijasida uy-joylariga jiddiy ziyon yetkazilgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida:
• Hukumat komissiyasi (A. Aripov), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi qayd etilgan tumanlarda 2020-2021 yillar davomida ko‘p qavatli uy-joylarni muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan birga qurish (keyingi o‘rinlarda — ko‘p qavatli uy-joylar) bo‘yicha besh kun ichida taklif kiritadi;
• O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ikki hafta muddatda ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini tanlasin va ularni ajratish bo‘yicha materiallarni tegishli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
• Sirdaryo viloyati hokimligi (G‘. Mirzayev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi uchun malakali pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazadi va tanlov g‘oliblari bilan ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha shartnoma imzolaydi;
• ko‘p qavatli uy-joylar va muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilishida qurilish-montaj ishlari va loyiha yechimlarining bajarilishi sifati, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati yuritilishini ta’minlaydi;
• Sirdaryo viloyati hokimligi uy-joylariga suv toshqini oqibatida jiddiy ziyon yetkazilgan fuqarolar ro‘yxatini tuzsin va ularga qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarda xonadonlarni beg‘araz ajratish choralarini ko‘rsin.
Avvalroq, Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar bergan edik
LiveBarchasi