Sirdaryoda suvdan qarzi bor xonadon egalari ta’minotdan uzishlariga qarshilik ko‘rsatdi
3-sahifa
−
21 aprel
4823Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Guliston tumanida suvchilar kaltaklandi" sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Tasvirlarda qarzdor oila a’zolari "suvchilar"ni haqoratlagani, xonadon egasining farzandi esa ularni do‘pposlashga uringani aks etgan.
Mazkur holat Guliston tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, “Sirdaryo suv ta’minot” AJ Guliston tumani bo‘limi xodimlari fuqarolarning ichimlik suvlaridan mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni undirish yuzasidan Guliston tumani Sohil mahallasiga borgan.
"Xodimlar ichimlik suvidan qarzdorlikni bir necha marotaba yuborilgan ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lamasdan kelayotgani uchun fuqaro S.U.ning xonadonini ichimlik suvi tarmog‘idan uzmoqchi bo‘lganda xonadon egasi va uning farzandi G.L.lar mas’ullarga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “Sirdaryo suv ta’minot” AJ mas’ul xodimlarida tan jarohatlari aniqlanmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi