Sirdaryoda soxta Departament xodimi qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
21 aprel 2023 4890 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida o‘zini Departament xodimi sifatida tanishtirib, fuqarodan 1000 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida hech qayerda ishlamaydigan M.A. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, unga o‘zini go‘yoki Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, 1 000 AQSH dollari evaziga uni ushbu bo‘limga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, shundan 600 AQSH dollarini 2023 yil 15 aprel kuni olib, qolgan 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi