Sirdaryoda soxta Departament xodimi qo‘lga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini “Departament xodimi” deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi bildirgisiga asosan, Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.X. boshqa bir fuqaro A.ga o‘zini “Departament xodimi” deb tanishtirib, unga 1000 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali shahar hududidan bekat do‘kon qurish uchun yer ajratilishida yordam berishni va’da qilgan.  

Soxta Departament xodimi oldindan 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Firibgarlik

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing