Sirdaryoda shifokor bilan janjallashgan erkak qamaldi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida ayolini tekshirayotgan shifokor bilan janjallashgan erkak 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 noyabr kuni soat 00:25 da Mirzaobod tuman IIB ga “102” xizmati orqali tuman hududida joylashgan Sirdaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasida ko‘rikka kelgan bemorning yaqinlari janjal qilayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Mirzaobod tumani IIB profilaktika inspektorlari voqea joyiga borganda bemor D.X.ni turmush o‘rtog‘i S.X. va o‘g‘li A.X.lar shifoxonaga olib kelgani, navbatchi shifokor R.B. bemorni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida qo‘lidan ushlab, o‘tirishga yordamlashib, uning qorin sohasida og‘riq bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida qo‘li bilan bosib ko‘rgan vaqtida uning turmush o‘rtog‘i rashk qilishi oqibatida shifokor bilan o‘zaro janjallashgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar davomida shifokor R.B. sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, shifokorda tan jarohati yoki ularning izlari mavjud emasligi aniqlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlar bo‘yicha Mirzaobod tuman sudida ko‘rib chiqilib, fuqaro S.X. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 197-7- moddalari (tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) talablarini buzgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo shifokor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing